Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Toshkent viloyatida kadastr xodimining noqonuniy harakatiga chek qo‘ydi
Davlat kadastrlar palatasining Oqqo‘rg‘on tuman filiali kadastr muhandisi 1200 dollar bilan ushlandi.
Davlat kadastrlar palatasining Oqqo‘rg‘on tuman filiali kadastr muhandisi o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, mahalliy fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yer maydoniga 2024 yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun doirasida egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 1200 AQSh dollari talab qilgan.
DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kadastr muhandisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
08:18 / 04.06.2026