Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnam mamlakatdagi birinchi erkin savdo zonasini tashkil etadi
U yerdan o‘rin oladigan korxonalar soliq imtiyozlari yoki bepul yer ijarasidan, litsenziyani soddalashtirgan tartibda rasmiylashtirish imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.
Vetnamning markaziy qismida joylashgan Danang shahrida mamlakatdagi birinchi erkin savdo zonasi tashkil etiladi. Ushbu shahar texnologik hab va turistlar orasidagi mashhur markaz hisoblanadi, deb yozmoqda Nikkei.
Erkin savdo zonasini tashkil etishdan maqsad — 2045 yilgacha yuqori daromadli davlatga aylanishga intilayotgan Vetnamning iqtisodiy o‘sishini mustahkamlashdan iborat.
Hukumat rejasiga ko‘ra, erkin savdo zonasi maydoni 1881 gektarni tashkil etadi. U yerdan o‘rin oladigan korxonalar soliq imtiyozlari yoki bepul yer ijarasidan, litsenziyani soddalashtirgan tartibda rasmiylashtirish imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. «Danangda erkin savdo hududini barpo etishning uzoq muddatli maqsadi — butun dunyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ta’minot zanjirlarini yaratish, ishlab chiqarish markazi va tovarlar uchun global tranzit habi shakllantirishdan iborat», — deyiladi Vetnam bosh vaziri tomonidan bu borada e’lon qilingan bayonotda.
Danangda mamlakatdagi uchinchi yirik dengiz porti faoliyat yuritadi. Rejaga ko‘ra, 2030 yilga borib uning tovarlar o‘tkazish qobiliyati yiliga 8,7–13,7 million tonnaga yetishi kutilmoqda, bu esa erkin savdo hududini rivojlantirishga ham yordam beradi. Yaqin yillarda rasmiylar Danangda xalqaro moliya markazi tashkil etishni ham mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
10:45 / 23.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Vetnamga kirish qoidalari o‘zgardi
10:45 / 18.06.2026
“Popay operatsiyasi” – AQSh urush paytida iqlimga ta’sir ko‘rsatib Vetnamni toshqinlar ostida qoldirganmi?
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
21:04 / 13.12.2025