Vetnam Sotsialistik Respublikasi Immigratsiya xizmati ma’lumotiga köra, endilikda mamlakatga kirişdan oldin barça yölovçilar maxsus elektron şaklni töldirişi şart. Yangi tartib Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 23 iyundagi HY561 reysidan boşlab amal qiladi.
Yölovçilar Vetnamga uçişdan oldin rasmiy elektron portal orqali Pre-Arrival Information şaklini töldirişi, arizani mamlakat çegarasini kesib ötişdan kamida 72 soat avval yuborişi lozim.
Röyxatdan ötiş yakunlanganidan keyin şakl böyiça taqdim etilgan QR-kodni smartfonda saqlab qöyiş yoki qoğozga çiqarib oliş tavsiya etiladi. Mazkur QR-kod Vetnam çegara nazoratidan ötiş vaqtida talab qilinişi mumkin.
Aviataşuvçi yölovçilarni safar oldidan barça hujjatlarni rasmiylaştirib, yangi talablarni oldindan bajarişga çaqirdi.








