1960-yillarda boşlangan va 1975 yilgaça davom etgan Vetnam uruşida amerikaliklar raqiblariga qarşi turli usullardan foydalanadi. Jumladan, atmosferaga ta’sir körsatib, duşman askarlari tepasida kuçli yomğir yoğdiriş amaliyoti ham bölgan. Bu amaliyot Şimoliy Vetnam askarlari hujumini qaytara olmagan. Undan asosan oddiy vetnamliklar jabrlangan va tabiiy ofatlar oqibatida köpçilik ölib ketgan.



Sönggi paytlarda ayrim OAVlarda Eron AQŞ va BAAning iqlimga ta’sir etuvçi qurollarini yöq qilgani, natijada fors davlatida yoğingarçilik köpayib, qurğoqçilik ortga çekingani haqida xabarlar paydo böldi.

Aksariyat soha mutaxassislari, şu jumladan, özbekistonlik iqlimşunos Erkin Abdulahatov bu qaraşlarni rad etib çiqdi. Uning aytişiça, joriy yil bahorda Eron va Markaziy Osiyodagi yoğingarçiliklarga AQŞning aloqasi yöq. Yomğirlar Hind va Atlantika okeani şimolidagi tebranişlar tufayli yuz bermoqda.

Ya’ni Hind hamda Atlantika okeanlarida suv köproq buğlanmoqda, natijada yoğirli bulutlar şakllanmoqda. Söng şamol oqimi ularni Arabiston yarimoroli, Iroq, Eron orqali Markaziy Osiyoga olib kelmoqda.

Iqlimşunos atmosferaga ta’sir körsatiş texnologiyalari bulutlarni uruğlantiriş orqali lokal masştabda yoğin taqsimotini qisman özgartira olişini, juda katta hududlarga bunday qilişning imkoni yöqligini aytadi.

Biroq ommaning AQŞdan gumon qilişga haqqi bor. Çunki atmosferaga ta’sir körsatib yoğinni köpaytiriş, yomğirlarni jadallaştiriş işlari AQŞ uçun yangilik emas.

Ular bunday işlarni Vetnamdagi uruşda qilgan. Öşanda AQŞ harbiylari atmosferaga ta’sir ötkazib, özlariga qarşi jang qilayotgan Şimoliy Vetnam armiyasi joylaşgan pozitsiyalarda kuçli yomğirlar yoğdirgan.

alamy.com

AQŞning Vetnam uruşiga qöşilişi

AQŞning Vetnamdagi vaziyatga aralaşuvi 1950-yillarda boşlanadi. Öşa paytlarda Hindixitoyni nazorat qilgan Fransiya 1954 yilda Vetnam, Kambodja va Laosni mustaqil davlatlar sifatida tan oladi.

Biroq bu Hindixitoyga tinçlik olib kelmaydi. Çunki endi mintaqadagi işlarga AQŞ hamda SSSR aralaşa boşlaydi va ular Fransiyadan ozod bölgan davlatlarni öz ta’sir doirasiga olişga bel boğlaydi.

1954 yilda Vetnam Benxay daryosidan ikkiga bölinadi. Mamlakat şimolini SSSR va Xitoydan yordam olgan kommunistlar egallaydi. U yerda Vetnam demokratik respublikasi tuziladi. Janubda AQŞ yordamida Vetnam respublikasi taşkil etiladi. Şundan söng ikki tomon bir-biriga hudud da’vo qila boşlaydi.

1959 yilda şimolliklar mamlakat janubini bosib oliş uçun harakat boşlaydi. Ularga janubda yaşovçi kommunistlarga xayrixoh partizanlar ham yordam beradi. Şu tariqa uruş boşlanadi.

1961 yil Janubiy Vetnamga AQŞ armiyasining ikkita vertolyot rotasi kiritiladi. 1963 yilda şimolliklar janubga hujumni kuçaytiradi. Bunga javoban AQŞ Janubiy Vetnamga köproq harbiylarini yubora boşlaydi.

1965 yil oxiriga kelib Janubiy Vetnamda AQŞning 185 ming harbiy xizmatçisi bor edi. 1968 yilda ularning soni 540 ming nafarga yetadi.

alamy.com

“Popay operatsiyasi”

Vetnam uruşi paytida şimolliklar armiyasini jangda yenga olmagan amerikaliklar ularga boşqa yöl bilan zarar yetkazişga urinadi. Ya’ni atmosferaga ta’sir körsatib, şimolliklar armiyasi tepasida yomğir yoğdiradi.

Bu amaliyot “Popay operatsiyasi” deb nomlanadi. Popay bu AQŞda tayyorlangan maşhur multfilm qahramoni hisoblanadi. Amerikaliklar Vetnamdagi amaliyotga aynan şu obraz nomini berişadi.

Ma’lumotlarga köra, “Popay operatsiyasi” 1967 yil 20 martda boşlanadi. Uning mohiyati oddiy, ammo oqibati dahşatli edi. Amerikaliklar kimyoviy vositalardan, asosan kumuş yodiddan foydalanib, Vetnam ustida kuçli yomğir yoğdiradi.

Bu yomğirlar şimolliklar armiyasi va AQŞ harbiylariga qarşi jang qilayotgan partizanlar harakatlanadigan yöllarni yuvib ketişi, dalalarni suv bosişi, duşmanni oziq-ovqat hamda qurolsiz qoldirişi kerak edi.

Amaliyot yomğirli mavsumda – martdan noyabrgaça davom etadi. Transport va qiruvçi samolyotlari bulutlarga kumuş yodid (Silver Iodide) purkaydi. Natijada siyrak yomğirli bulutlar namgarçilikka töyinib, yoğin miqdori uç baravar, ba’zi joylarda esa yetti baravar köpayadi.

Amaliyot davomida xatolar ham bölgan va bu amerikaliklarning zarariga işlagan. Masalan, 1966 yil oktyabrda AQŞ havo kuçlari şimolliklar armiyasi tepasidagi bulutlarga kumuş yodid purkaydi.

Şunda kuçli şamol öşa bulutlarni AQŞ harbiylari joylaşgan hududga haydab keladi va kuçli yomğir amerikaliklar tepasida yoğadi. Tört soat içida 23 santimetr yoğin tuşadi va AQŞ harbiylari joylaşgan pozitsiyalarni kuçli sel yuvib ketadi.

Öşanda amerikaliklar şimolliklarga xayrixoh partizanlar joylaşgan deb gumon qilingan qişloqlar tepasidagi bulutlarga ham köp marta ta’sir ötkazadi. Oqibatda uylarni sel bosib, köplab tinç aholi vakillari ham halok böladi.

“Popay operatsiyasi” 1967 yil sentabrdan 1972 yil iyulgaça davom etadi va u nisbatan muvaffaqiyatli keçadi. Öşanda 5 yil davomida AQŞ samolyotlari havoga 5 mln kilogrammdan ortiq kumuş yodid purkaydi. Ular nafaqat Vetnam, qöşni Laos va Kambodja hududida ham atmosferaga ta’sir körsatadi.

alamy.com

Öşanda mahalliy aholi boşi uzra bulutlarga kimyoviy dorilar purkalayotganini bilmaydi. Ular AQŞ samolyotlarining doimiy parvoziga örganib qolgan, agar bomba taşlanmasa xavfli heç narsa sodir bölmaydi, deb öylaydi.

“Popay operatsiyasi”ning salbiy oqibatlari

Iqlim quroli vetnamliklar uçun keng kölamli halokatlarni keltirib çiqaradi. Vetnam hududining taxminan 10 foizi kuçli yomğirlar tufayli suv ostida qoladi. Halokat qöşni Laosga ham aks ta’sir körsatadi.

Kuçli yomğirlar Vetnam va Laosda şoli maydonlarining loyqa bosişiga sabab böladi. Oqibatda hosil nobud bölib, millionlab odamlar oziq-ovqatsiz qoladi.

Sellar yöllarni yuvib ketadi va toşib oqayotgan daryolar qişloqlarni vayron qiladi. Suv yuvib ketgan yöllar ta’minot yönalişlarini qiyinlaştiradi. Köçkilar va tösatdan yuz bergan toşqinlar minglab odamlar hayotiga zomin böladi.

Amerikaliklar qisman öz maqsadiga erişadi, yomğirlar Şimoliy Vetnam qöşinlari faol harakatlangan Xo Şi Min yölini yuvib ketadi. Oqibatda şimolliklar armiyasi va ularga xayrixoh bölgan partizanlarning ta’minot bilan boğliq vaziyati keskinlaşadi.

Ayniqsa, 1971 yil vaziyat izdan çiqib ketadi va yoz oxiriga kelib, halokatli suv toşqinlari boşlanadi. Juda katta hududlarda ekinlar loyqa sel ostida qolib nobud böladi.

Yuzlab qişloqlar kuçli yomğir tufayli butunlay suv ostida qoladi. Taxminiy hisob-kitoblarga köra, 1971 yilda amerikaliklarning atmosferaga ta’sir körsatişi tufayli sodir bölgan tabiiy ofatlar taxminan 100 000 kişining hayotiga zomin böladi.

AQŞning Vetnamda atmosferaga ta’sir körsatib, mahalliy aholiga ofat keltirayotganini, tinç aholining ölimiga sabab bölayotganini öşa paytda köpçilik bilmasdi.

Amerikaliklarning bu yovuz tajribalari yaponiyalik fotograf Kyoiçi Savada tomonidan tasvirga olingan suratlarda yaqqol köringan. Uning eng maşhur surati “Qoçib jon saqlaş” deb nomlanadi. Bu suratda janubiy vetnamlik ikki ayol uçta bola bilan daryodan suzib ötişga urinayotgani tasvirlangan.

alamy.com

Keyinçalik Kyoiçi Savada bu surat uçun Pulitser mukofotiga sazovor böladi va fotosuratdagi oilani topib, mukofot uçun olgan pulining yarmini ularga beradi.

“Popay operatsiyasi”ning ommaga oşkor bölişi, AQŞ bahonalari va BMT Konvensiyasi

Avvalroq aytib ötdik, “Popay operatsiyasi” 1967 yilda boşlanadi va bir neça yil davomida amerikaliklar tomonidan sir saqlanadi. 1971 yilda AQŞ taniqli jurnalisti Jyek Anderson “Vaşington post” gazetasida “Popay operatsiyasi” haqida maqola e’lon qiladi.

Dunyo ahli aynan Jyek Andersonning maqolasidan söng amerikalik harbiylar Vetnamda atmosferaga ta’sir körsatib, 100 minglab insonlar ölimiga sababçi bölganidan xabar topadi.

Şundan söng AQŞ tanqidlar ostida qolib ketadi. Biroq Oq uydagilar Vetnamdagi kuçli yoğinlar va toşqinlarga aloqadorligini qat’iyan rad etadi.

Ular tabiiy ofatlarga “La-Ninya” tabiat hodisa sabab bölgan deb da’vo qiladi. Biroq omma bunga işonmaydi. Çunki Janubi-Şarqiy Osiyoda ob-havo kuzatuvi boşlanganidan söng tarixda dahşatli suv toşqinlari heç qaçon kuzatilmagandi.

Şu örinda AQŞ harbiylarining Vetnamda amalga oşirgan xunrezliklari oşkor bölişida Amerikada çop etiladigan naşrlarning roli ham katta bölganini ta’kidlaş joiz.

Aynan AQŞ rasmiylari barçasini rad etib turganda “Nyu York Tayms” gazetasida, keyin boşqa naşrlarda Pentagon hujjatlari bilan isbotlangan maqolalar beriladi. Ularda AQŞ harbiylari Vetnamda atmosferaga ta’sir körsatgani va bu ayançli oqibatlar keltirib çiqargani aniq faktlar asosida aytib ötilgandi.

alamy.com

Şunda AQŞ fuqarolari öz hukumati Vetnamda uruş olib boriş bilan birga tabiiy jarayonlarga ham aralaşayotganini bilib oladi. 1972 yilda Pentagon jamoatçilik bosimi ostida Vetnamda atmosferaga ta’sir körsatiş dasturini yopadi. 1977 yilda BMT iqlim qurollaridan foydalanişni taqiqlovçi konvensiyani qabul qiladi.

Biroq aksariyat mutaxassislar BMT konvensiyasida böşliqlar mavjudligini va hanuzgaça ayrim davlatlar bunday texnologiyalar böyiça jiddiy tadqiqotlar olib borayotganini aytadi.

AQŞning Vetnamdagi ekologik uruşi

AQŞ Vetnamda birgina atmosferaga ta’sir ötkaziş bilan çeklanib qolmaydi. Amerikaliklar qalin örmonlarga öt qöyadi, daraxtlarni quritiş uçun ularning ustidan kimyoviy dorilar purkaydi.

Avvaliga AQŞ harbiylari sinov tariqasida Saygon şahri yaqinidagi örmon massivlarini yöq qiliş uçun daraxtlar ustidan defoliant sepib çiqadi.

1963 yilda Kamau provinsiyasida yanada kattaroq hududda örmonlar şu yöl bilan yöq qilinadi. Ilk tajribalar muvaffaqiyatli keçgaç, AQŞ harbiylari butun Vetnam böylab juda katta hududga defoliant sepadi.

Amerikaliklar örmonlardan taşqari ekin maydonlariga, şolipoyalarga, kauçik yetiştiriladigan joylarga kimyoviy moddalar purkaydi.

alamy.com

1971 yilga kelib, prezident Riçard Nikson Vetnam yerlariga kimyoviy dorilar sepişni taqiqlaydi. Ungaça amerikaliklar Vetnam va qisman Laosda 72 mln litr (!) defoliant, 44 mln litr tetraxlorodibenzodioksin sepadi.

Şuningdek, AQŞ harbiylari ekin dalalarini yaroqsiz holga keltiriş uçun Vetnam böylab 1965 yildan 1973 yilgaça 17 mln dona aviabomba va 217 mln artilleriya snaryadini işlatadi.

Bundan taşqari, amerikaliklar Şimoliy Vetnam armiyasi va ularga yordam bergan partizanlarni zaharlaş uçun aholi suv içadigan daryolar, kanallar va anhorlarga kimyoviy dorilar purkaydi. Oqibatda harbiylar va partizanlar bilan birga tinç aholi vakillari ham zaharlanadi. Odamlar halok böladi, nogiron bölib qoladi.

AQŞ harbiylarining vetnamliklarga qarşi ekologik uruşi oqibatida Vetnamda 500 ming gektar mango daraxtidan iborat örmonlar, 1 mln gektar jungli örmonlari, 100 ming gektar tekislikdagi örmonlar yöq qilinadi.

Şuningdek, amerikaliklar banan, kokos, kauçik daraxti, qovun daraxti va boşqa ösimliklardan iborat plantatsiyalarni yöq qiladi. Şoli, kartoşka, pomidor kabi ösimliklar maydonlari oğir texnikalar bilan toptab taşlanadi.

Kimyoviy dorilar işlatilişi va örmon fondining yöq qilinişi oqibatida Vetnamda ekologik muvozanat buziladi. Köplab jonzotlar va quşlar yöqolib ketadi.

alamy.com

Masalan, uruşgaça Vetnam örmonlarida bölgan 150 turdagi quşdan faqat 18 tur qoladi. Yerda yuruvçi jonzotlar va baliqlarning ham asosiy qismi qirilib ketadi. Qisqasi, amerikaliklar Vetnamni har tomonlama xarobaga aylantiradi.

AQŞning şarmandali mağlubiyati

AQŞ harbiylari harçand urinmasin, Vetnamda muvaffaqiyat qozona olmaydi. Aksinça, uruş çözilgani sayin ularning yöqotişlari oşib boradi. Oxir-oqibat Qöşma Ştatlarda Vetnam uruşiga qarşilar köpayib boradi.

1968 yil kuzda AQŞda ötkazilgan prezidentlik saylovida “Uruşni sulh bilan tezroq tugatiş” rejasini ilgari surgan Riçard Nikson ğalaba qozonadi. Biroq Şimoliy Vetnam amerikaliklar bilan sulhga rozi bölmaydi va hujumni kuçaytiradi.

1972 yilda şimolliklar armiyasi janubda keçgan bir neçta yirik jangda mağlubiyatga uçraydi va AQŞ taklif etgan tinçlik sulhi uçun muzokaralarga kirişişga majbur böladi.

1973 yil 27 yanvar kuni tomonlar “Parij tinçlik kelişuvi”ni imzolaydi. Kelişuvga köra, AQŞ 1973 yil 29 martgaça Janubiy Vetnamdan barça harbiylarini olib çiqiş majburiyatini oladi. Biroq uruş yana ikki yil davom etadi.

alamy.com

1975 yil mart oyida şimolliklar Janubiy Vetnam poytaxti Saygon şahrini qölga kiritadi. Şu tariqa uruş Janubiy Vetnam armiyasi va AQŞning şarmandali mağlubiyati bilan tugaydi. Amerikalik harbiylar Vetnamdan töliq olib çiqiladi.

Uruşdan söng Vetnamdagi ekologik halokatni bartaraf etiş uçun ança yil kerak böldi. Hozirgi paytda Vetnamdagi amerikaliklar yöq qilgan örmonlarning asosiy qismi qayta tiklangan. Vetnam va AQŞ ham döstona munosabatlar örnatgan.

Biroq amerikaliklar öşa uruşdan yetarliça xulosa çiqarmadi va undan keyin ham dunyoning turli çekkalarida bosqinçilik uruşlari olib bordi. Hanuzgaça kimlar bilandir urişmoqda. Ha, şunday, aksariyat insonlar xatolardan saboq olmaydi.