Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi
Uchish-qo‘nish yo‘lagida paydo bo‘lgan ayiq sabab Yamagata aeroporti 10 ta reysini bekor qildi.
Yaponiyaning Yamagata aeroporti ayiq sabab uchish-qo‘nish yo‘lagini yopishga va 10 ta reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi NHK telekanali.
Aeroport ma’muriyatiga ko‘ra, yirtqichni dastlab mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da payqashgan. Aeroport xodimlari uni o‘zlari quvib yubormoqchi bo‘lgan, ammo tushga borib ayiq yana uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida paydo bo‘lgan.
Qayd etilishicha, aeroportga mahalliy ovchilik tashkiloti mutaxassislari chaqirilgan. Ekspertlar maxsus tuzoq o‘rnatgan va soat 18:00 larda ayiq unga tushgan. Natijada, uchish-qo‘nish yo‘lagini yopish va 10 ta reysni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Telekanalning qo‘shimcha qilishicha, ertaga xodimlar aeroport hududini yana ko‘zdan kechiradi. Xavfsizlik baholashlaridan keyin parvozlarni qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Yomiuri Shimbun gazetasining yozishicha, ayiqning bo‘yi 1,2 metrni tashkil etadi. Yirtqich uchish-qo‘nish yo‘lagini tark etgan bo‘lsa-da, u yopilgan. Prefektura politsiyasi hudud aholisini ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026