Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atlantika okeanida 1000 bochkadan ortiq radioaktiv chiqindilar topildi
1950-1980 yillar oralig‘ida bir qancha davlatlar yadroviy chiqindilarni bochkalarda okeanga tashlagan. 1993 yilda bu amaliyot butunlay taqiqlangan.
Xalqaro tadqiqot guruhi Atlantika okeanining shimoli-sharqiy qismida 1000 bochkadan ortiq radioaktiv chiqindilarni aniqladi. Bu haqda Fransiya milliy ilmiy tadqiqot markaziga tayanib Tagesschau xabar berdi.
Olimlarning fikricha, Atlantika okeanining bu qismida 3000-5000 metr chuqurlikda 200 ming bochkadan ortiq radioaktiv chiqindilar mavjud. Ular suv bosimiga bardosh berishga mo‘ljallangan, ammo radiatsiyani to‘liq ushlab qololmaydi. Bochkalarning holati qandayligi haqida hech narsa ma’lum emas.

1950-1980 yillar oralig‘ida bir qancha davlatlar yadroviy chiqindilarni bochkalarda okeanga tashlagan. 1993 yilda bu amaliyot butunlay taqiqlangan.
Iyun oyining o‘rtalarida to‘rt haftalik tadqiqot ekspeditsiyasi Fransiyaning Brest shahridan «L'Atalante» kemasida dengizga chiqdi. Uning doirasida olimlar chiqindilarning mahalliy ekotizimga ta’sirini baholashni va bochkalar joylashuvi xaritasini yaratishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
07:46 / 07.05.2026
Radiatsiya xavfsizligi qoidalari buzilishi to‘g‘risida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
18:47 / 10.02.2026
Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi tashkil etiladi
18:24 / 11.11.2025
Qozog‘istonda qariyb 300 million kub metr radioaktiv chiqindi to‘planib qoldi
20:35 / 08.09.2025