Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi
Xizmat vazifalarini bajarish, tibbiy sabablarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitidan himoya qilish, fuqarolik mudofaasi maqsadlarida, shuningdek, sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etishda yuzni yopish holatlari bundan mustasno.
Foto: TASS
Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopadigan aksessuarlar kiyish taqiqlandi. Tegishli qonunni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev imzoladi.
Xizmat vazifalarini bajarish, tibbiy sabablarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitidan himoya qilish, fuqarolik mudofaasi maqsadlarida, shuningdek, sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etishda yuzni yopish holatlari bundan mustasno.
26 iyun kuni qonun loyihasi Qozog‘iston parlamenti tomonidan ma’qullangan edi.
Avvalroq prezident To‘qayev yuzni yopishdan ko‘ra, milliy o‘zlikni ta’kidlaydigan kiyim kiyishni targ‘ib qilgan edi.
Yanvar oyida xuddi shunday qonun Qirg‘izistonda ham qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, jamoat joylarida «fuqarolarning shaxsini aniqlashga imkon bermaydigan» kiyimlarni kiyish taqiqlanadi. Ish yoki tibbiy sabablarga ko‘ra yuzini yopishi kerak bo‘lganlar uchun istisno mavjud.
Mavzuga oid
21:18 / 19.05.2026
To‘qayev Qozog‘istonni Oltin O‘rda vorisi deb e’lon qildi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
12:10 / 15.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi
10:37 / 15.05.2026