Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arxitektura-qurilish universitetida ta’limning yangi shakli joriy etiladi
Prezident qarori bilan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati yangicha asosda tashkil etiladi.
“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2025-2026 o‘quv yilidan boshlab universitetda o‘qitishning dual ta’lim shakli joriy etiladi. Bu esa nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligida mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
Dual ta’lim dasturi kredit-modul tizimi asosida quyidagicha tashkil etiladi:
- 1-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 60 foizi auditoriyalarda, 40 foizi esa qurilish sanoati korxonalarida o‘tkaziladi;
- 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – 40 foiz auditoriyalarda, 60 foiz esa ishlab chiqarish amaliyotida amalga oshiriladi.
Qarorda universitet faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026