O‘zbekiston | 07:44 / 04.07.2025
2463
1 daqiqa o‘qiladi

Oqova suv tizimini boshqarish sohasida innovatsion yechimlar joriy etiladi

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari HESCO Maritime & Water kompaniyasi boshqaruv direktori Reza Ardestani va ushbu kompaniyaning Qohira filiali loyiha menejeri Muhammad Abdulvoris bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Dengiz tashuvlari va turli suv loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi mazkur kompaniya Ispaniyada ro‘yxatdan o‘tgan va asosan Ko‘rfaz arab davlatlarida faoliyat yuritadi.

Suhbat avvalida kompaniyaning O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Bo‘lajak hamkorlik suv resurslarini samarali boshqarish, zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida yangi imkoniyatlar ochishi ta’kidlandi.

Kompaniya vakillari oqova suv tizimlarini takomillashtirish va ushbu sohada innovatsion yechimlarni joriy etish maqsadida O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda kompaniya va mamlakatdagi manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid