22 fevral kuni xalq deputatlari Namangan viloyati kengaşining navbatdagi sessiyasida içimlik va oqova suv xizmatlari uçun yangi tariflar belgilandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, 30 yanvar kuni viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov «Namangan suv ta’minoti» kompaniyasida bölgan. Soha mutaxassislari viloyat rahbariga aholi uçun 1 kub metr içimlik suvga 4000 söm narx belgilaşni taklif etgan.
Hokim bu summani kamaytiriş uçun topşiriq berib, uning manbalarini ham körsatib ötgan. Jumladan, eng avvalo, tizimdagi «rejalaştirilgan yöqotiş» körsatkiçlarini kamaytiriş lozimligini ta’kidlagan.
Şunday qilib, viloyatda içimlik suvi uçun yangi tariflar deputatlar qarori bilan (kub metri uçun) quyidagiça etib belgilandi:
- aholiga — 3500 söm (bungaça 2550 söm bölgan);
- budjet va boşqa taşkilotlarga — 7000 söm (bungaça 3350 söm).
Kanalizatsiya xizmatlari uçun tariflar:
- aholiga — 800 söm (bungaça 700 söm);
- budjet va boşqa taşkilotlarga — 975 söm (850 söm).
Yangi tariflar qaçondan boşlab kuçga kirişi noma’lum.












