Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Xususan, davlat ko‘chmas mulk obektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom savdolarda sotilmagan munitsipal ko‘chmas mulk obektlarini tasarruf etish tartibini belgilaydigan yangi bo‘lim bilan to‘ldirildi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli bo‘lgan (Nukus, viloyat va tuman markazlari, shuningdek Toshkent tumanlari obektlaridan tashqari) hududi 10 ming m² dan oshmagan, baholangan qiymati BHMning 5 ming baravari miqdoridan oshmagan munitsipal ko‘chmas mulk obektlari 6 oy davomida sotilmaganda tadbirkorlik sub’yektlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi.
Bunda ijara muddati 10 yilni, ijara to‘lovi stavkasi esa eng kam miqdorni tashkil etadi. O‘z navbatida tadbirkorlik sub’yekti 2 yil davomida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirishi va yangi ish o‘rinlarini yaratishi kerak.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026