Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi
Kuchli yomg‘irlar oqibatida Gvadalupe daryosi sathi keskin ko‘tarilib, tabiiy ofat va fojiaga sabab bo‘ldi.
Foto: Patrick Keely/via REUTERS
Kuchli yomg‘ir Texas (AQSh) shtatidagi Gvadalupe daryosida suv toshqini keltirib chiqardi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan, deb xabar berdi Reuters mahalliy hukumatga tayanib. Qutqaruv guruhlari suv bosgan hududlarda ishlashda davom etmoqda.
Yo‘qolganlar orasida Gvadalupe daryosi qirg‘og‘idagi qizlar uchun yozgi lagerda dam olgan 23-25 nafar bola bor. To‘satdan suv ko‘tarilib, lagerni suv bosganidan beri ularning qayerdaligi noma’lum.
Inqiroz boshlanganidan qariyb 18 soat o‘tgach, Texas gubernatori Greg Ebbott qidiruv-qutqaruv ishlari davom etishini aytdi va ushbu sa’y-harakatlar uchun resurslar «cheksiz» bo‘lishini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan suhbatda qurbonlarni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi: «Biz ularga g‘amxo‘rlik qilamiz», dedi u federal yordam haqidagi savolga javob berar ekan.
AQSh Milliy meteorologiya xizmati San-Antonio shimoli-g‘arbida, Texas shtatining Kerr okrugida suv toshqini tufayli favqulodda holat e’lon qildi. Qisqa vaqt ichida hududda 30 santimetrgacha yog‘ingarchilik yog‘di.
Mavzuga oid
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
21:10 / 16.04.2026
AQSh Eronga qarshi yana bir «Iqtisodiy qahr» operatsiyasini boshlaydi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
18:29 / 16.04.2026