Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda
AQSh prezidenti Putinni sanksiyalarni kuchaytirish ehtimoli haqida ogohlantirganini va u bundan xavotirda ekanini aytdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Zelenskiy bilan Kiyevga Patriot HHM tizimlari uchun raketalar yetkazib berish imkoniyatini muhokama qilgan.
Foto: Kevin Lamarque/REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp 4 iyul, juma kuni rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan 3 iyul kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi telefon muloqoti chog‘ida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi sababli AQSh sanksiyalarini kuchaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirganini va Putin, uning so‘zlariga ko‘ra, bundan xavotir bildirganini, sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini tushunganini aytdi.
Air Force One prezidentlik samolyoti bortida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Tramp, shuningdek, Putin bilan Ukrainadagi mojaro bo‘yicha muloqotidan juda norozi ekanini aytib, Rossiya «odamlarni o‘ldirishda davom etmoqchi» ekanini ta’kidladi.
«Bu juda qiyin vaziyat. Men sizga avvalroq aytgandim, prezident Putin bilan suhbatimdan juda norozi bo‘ldim. U oxirigacha borishni istayapti, bu yaxshi emas», — dedi Tramp.
Amerika prezidenti, shuningdek, jurnalistlarga bir kun avval Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefonda gaplashgani va Kiyevga Patriot HHM komplekslari uchun raketalarni yuborish imkoniyatini muhokama qilganini aytdi. «Bu ularga mudofaa uchun kerak bo‘ladi... Ularga nimadir kerak bo‘ladi, chunki ular juda qattiq zarba olmoqda», dedi Tramp. U Patriot raketalarining samaradorligini yuqori baholab, qurolni «juda ta’sirli» deb atadi.
Mavzuga oid
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
14:26 / 20.12.2025
Putin: AQSh Alyaskada taklif qilgan murosalarga rozi bo‘ldik
13:44 / 20.12.2025
Makron Yevropani Putin bilan muloqotni qayta tiklashga chaqirdi
13:25 / 20.12.2025