Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov Ukrainadagi urushni tugatish uchun ikkita asosiy shartni aytdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri sanksiyalar va muzlatilgan aktivlar haqida gapirdi.
Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha «qonuniy kelishuv» Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilish va muzlatilgan aktivlarini qaytarish bo‘yicha bandlarni o‘z ichiga olishi kerak, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Magyar Nemzet gazetasiga bergan intervyusida.
«Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish, Rossiyaga qarshi barcha da’volarni bekor qilish va uning G‘arbda noqonuniy olib qo‘yilgan aktivlarini qaytarish», deb sanadi u.
Shu bilan birga, Lavrov urush uning «asosiy sabablarini» bartaraf qilmasdan tugamasligini, shuning uchun Kremlning talablar ro‘yxatida «demilitarizatsiya, denatsifikatsiya» va Ukrainaning neytral maqomi hamon borligini eslatdi.
Lekin bu hammasi emas. Shuningdek, vazirning so‘zlariga ko‘ra, jahon hamjamiyati Qrim, o‘zini o‘zi e’lon qilgan Donetsk va Luhansk respublikalari, Xerson va Zaporojiye viloyatlarini Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishi kerak. Lavrovning fikricha, bunga 2022 yil kuzida ushbu hududlarda o‘tkazilgan «referendumlar» asos bo‘lgan.
Avvalroq, BMT Ukrainaning bosib olingan va harbiy harakatlar ostidagi hududlarida referendum «xalqlarning irodasi sifatida ko‘rsatishga loyiq emasligini» va huquqiy oqibatlarga olib kelmasligini ta’kidlagan edi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026