Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volodimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi maxsus sanksiyalar kiritdi
Ukraina prezidenti tomonidan e’lon qilingan cheklovlar moliyaviy va kriptovaluta sxemalariga ta’sir qiladi. Sanksiyalar 60 ta yuridik va 73 nafar jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llangan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 6 iyul, yakshanba kuni Rossiyaga qarshi maxsus sanksiyalar joriy etganini ma’lum qildi. Bu haqda Prezident ofisi saytida e’lon qilingan farmonda aytilgan. Prezident o‘zining Telegram-kanalida sanksiyalar moliyaviy va kriptovaluta sxemalariga ta’sir qilishini yozdi. Cheklovlarga duchor bo‘lgan yuridik shaxslar orasida tog‘-kon va investitsiyalar bilan bog‘liq kompaniyalar bor.
«Umuman olganda, bugungi kunda paket 60 ta yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalarni o‘z ichiga oladi va biz har biri bo‘yicha hamkorlarimiz bilan ishlaymiz — o‘zimizniki va Yevropaniki, bizniki va dunyoning boshqa muhim yurisdiksiyalari bilan. To‘plam shuningdek, 73 nafar shaxsni ham o‘z ichiga oladi, ularning barchasi Rossiya fuqarolari. Biz ularga nisbatan sanksiyalarni ham sinxronlashtiramiz», — dedi Zelenskiy.
Sanksiyalarga duchor bo‘lgan tashkilotlar orasida Rossiya sanoat mayningi assotsiatsiyasi, "Kuzbass Mayning" MChJ, "VTB Kapital Treyding" MChJ, "T-Proyekty" MChJ, "PSB Innovatsii i investitsii" MChJ, shuningdek, xorijiy kompaniyalar ham bor (masalan, Kipr va BAAda ro‘yxatdan o‘tgan).
21 iyun kuni Ukraina prezidenti Rossiyaga bosimni kuchaytirishga qaratilgan «maxsus chora-tadbirlar oyligi»ni e’lon qildi. Kiyev va uning hamkorlari tomonidan cheklovlarni kuchaytirishdan tashqari, davlat rahbari turli uchuvchisiz uchoqlarga ko‘proq resurslar ajratilishi hamda mamlakat boshqaruv jamoasi va diplomatik korpus tarkibidagi o‘zgarishlarni e’lon qildi.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026