Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «Golos» harakati o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi
Saylovchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha «Golos» harakati hamraisi Grigoriy Melkonyansga hukm munosabati bilan o‘z faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi.
«Golos» saylovchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Butunrossiya jamoat harakati o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Tegishli bayonot uning rahbariyati tomonidan 8 iyul, seshanba kuni e’lon qilindi.
Foto: Kristina Kormilitsyna/IMAGO
«Mamlakatimizda samarali institutlar va adolatli saylovlar o‘tkazilishini ta’minlash uchun ko‘p yillar davomida vaqt va kuchini sarflagan barchaga rahmat», — deyiladi hujjatda. «Golos» hech qachon o‘z maqsadini u yoki bu siyosiy kuchning g‘alabasi sifatida ko‘rmagan, chunki saylovni kuzatish siyosiy faoliyat emas, balki Rossiyaning konstitutsiyaviy tuzumini va fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini himoya qilish usulidir».
Ta’kidlanishicha, faoliyatni to‘xtatish qarori «Golos» hamraisi Grigoriy Melkonyansga jinoiy ish bo‘yicha Moskvaning Basmanniy sudi tomonidan may oyida chiqarilgan hukm munosabati bilan qabul qilingan. U Rossiyada «nomaqbul» nodavlat tashkilot faoliyatini tashkil etishda ayblanib besh yilga qamaldi.
«Ushbu sud qarori boshqa tanlov qoldirmaydi, chunki u nafaqat «Golos»ning barcha ishtirokchilariga, balki maslahat va yuridik yordam so‘ragan odamlarning ham jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan tahdid soladi», — deya tushuntirdi harakat. «Bizning do‘stimiz va hamkasbimiz Grigoriy Melkonyansning hibsga olinishidan faqat bitta maqsad bor edi – «Golos»ning ovozini o‘chirish», — deya ishonch bildirdi bayonot mualliflari.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025