Jahon | 11:02 / 10.07.2025
2626
2 daqiqa o‘qiladi

Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi

Estoniya NATO qarorlariga muvofiq mudofaa xarajatlarini oshiradi va mamlakat «Rossiya tahdidi» ostida ekanini ta’kidlayapti.

Foto: Sean Gallup / Getty Images

Estoniya bosh vaziri Kristen Mixalning aytishicha, Rossiya kimning NATOga a’zo bo‘lishi masalasiga aralasha olmaydi.

U rasmiy tashrif bilan kelgan Xorvatiya poytaxti Zagrebda hamkasbi Andrey Plenkovich tomonidan qabul qilindi.

Delegatsiyalar uchrashuvidan so‘ng qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mixal Estoniyaning NATO qarorlariga muvofiq mudofaa xarajatlarini oshirishini ta’kidlab, mamlakatning «Rossiya tahdidi» ostida ekanini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun o‘zining bosqinchilik siyosatidan voz kechishi kerak: «Rossiya qo‘shinlari Ukrainada o‘ldirishni to‘xtatganda, urush tugaydi, bu juda oddiy. Bu zaruriy shart».

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, alyansga kim a’zo bo‘lishini NATO hal qiladi va Rossiya bu jarayonga aralasha olmaydi.

Xorvatiya bosh vaziri Plenkovich o‘z nutqida Rossiya tajovuzi qarshisida Ukrainaning kuchini oshirishni istashlarini aytdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid