Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Timchenko «nomaqbul tashkilot» faoliyatini amalga oshirganlikda ayblanmoqda.
Moskvaning Cheremushkino sudi «Meduza» nashri asoschisi Galina Timchenkoni ikki oyga sirtdan hibsga oldi. Sud matbuot xizmatining 9 iyul, chorshanba kuni xabar berishicha, Timchenko «nomaqbul tashkilot» faoliyatini amalga oshirganlik ishi bo‘yicha ayblanuvchidir.
Sud jurnalistni hibsga olish Rossiya Federatsiyasi hududiga ekstraditsiya qilingan paytdan yoki Rossiyada hibsga olingan paytdan boshlab hisoblanishini bildirdi.
20 may kuni Galina Timchenkoga nisbatan «nomaqbul» tashkilot faoliyati yuzasidan jinoiy ish ochilib, keyinchalik u qidiruvga berilgan edi. Ish ochilgan moddada olti yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.
2023 yil yanvar oyida Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi «Meduza» nashrini Rossiyada «nomaqbul» tashkilot deb e’lon qildi. Idoraga ko‘ra, nashr faoliyati «Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyaviy tuzumi va xavfsizligi asoslariga» tahdid soladi.
2024 yil avgust oyida Rossiya Adliya vazirligi Galina Timchenkoni «chet el agentlari» reyestriga kiritdi.
Mavzuga oid
16:12 / 27.12.2025
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025