O‘zbekiston | 13:58 / 12.07.2025
1383
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda "Eng namunali "yashil" turizm obekti" tanlovi o‘tkaziladi

Iordaniyaning Ammon News gazetasi saytida "Eng namunali "yashil" turizm obekti" tanlovi tashkil etiladi" sarlavhali maqola chop etildi.

Unda Vazirlar Mahkamasining "Turizm obektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar qalamga olingan.

"Qarorga muvofiq, tanlov turizm obektlarida bir martalik plastik mahsulotlardan foydalanishda ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) mahsulotlarga o‘tish borasida yaxshi natijalarga erishgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan holda o‘z faoliyatida chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘tkaziladi", – deb yozilgan materialda.

Nashrda ta’kidlanishicha, tanlov ishtirokchilari Turizm qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali 1 avgustga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

"Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar nomzodi 10 avgustga qadar hududiy komissiyalarga yuboriladi. Hududiy saralash bosqichi sentabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida bo‘lib o‘tadi. Hududiy saralash bosqichlari g‘oliblari oktabr-noyabr oylarida respublika yakuniy bosqichida ishtirok etadi", – deya qayd etilgan maqolada.

Ammon News gazetasi saytida joylashtirilgan maqolada, shuningdek, tanlovning respublika yakuniy bosqichi g‘oliblari egallagan o‘rinlariga qarab bazaviy hisoblash miqdorining 150, 100 va 50 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanishlari haqidagi ma’lumotlarni mushtariylar e’tiboriga taqdim qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid