Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida ikki haydovchi o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashitish bo‘limi tomonidan o‘rganish olib borildi.
Aniqlanishicha, 14 iyun kuni taxminan soat 11:00 larda Yunusobod tumani Rixsiliy ko‘chasida Lacetti haydovchisi 1981 yilda tug‘ilgan, B.X. hamda Cobalt haydovchisi 1996 yilda tug‘ilgan Sh.O.lar yo‘l talashish oqibatida o‘zaro tortishib qolgan.
Shundan so‘ng B.X. yo‘lning qatnov qismida avtomashinasini to‘xtatib, qo‘lidagi jism bilan Cobalt avtomashinasini chap tomon eshik oynasiga urib, voqea joyidan ketib qolgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.X.ga nisbatan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
10:25 / 27.06.2026
Yunusobodda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi
18:29 / 13.06.2026