Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilişiça, hodisa 25 iyun kuni soat 17:33 da Yunusobod tumanidagi Obiravon köçasida joylaşgan xususiy uylardan birida sodir bölgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, 2021 yilda tuğilgan qizaloq ehtiyotsizlik va nazoratdan çetda qolgani oqibatida hovlidagi hojatxona çuquriga tuşib ketgan.
Xabar kelib tuşgaç, Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qutqaruvçilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, qutqaruv işlarini boşlagan. Qutqaruvçilardan biri hojatxona çuquriga tuşib, bolani xavfsiz tarzda yuqoriga olib çiqqan.
Şifokorlar tomonidan qizaloqqa voqea joyining özida birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Şundan söng u yaqinlariga topşirilgan. Ma’lum qilinişiça, hozirda bolaning soğliği qoniqarli.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ota-onalarga farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik, ayniqsa hovlilardagi quduq, hojatxona va boşqa xavfli joylar atrofida bolalar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratiş zarurligini eslatdi.











