Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 daqiqalik budjet odatlari: oila bilan pulni boshqarishni o‘rganamiz
Pulni boshqarish - zerikarli Excel fayllar to‘ldirib yurish emas. Uni oila bilan har kuni 5 daqiqa vaqt ajratib, hayotni tartibga solish yo‘liga aylantirish mumkin. Siz budjetingizni boshqarish orqali, rejalangan sayohatlar va orzudagi gadjetlarga moliyaviy xatarlarsiz erishishingiz mumkin. Ushbu maqolada budjetni boshqarishni o‘rganamiz.
Foto: iStock
1. “Bugun pul qayerga ketdi?” — mini tahlil odati
Telefoningizning qaydlar bo‘limiga har kuni 5 daqiqa vaqtingizni ajratib, quyidagi 3 narsani yozib boring:
🔹 Nimaga pul ketdi?
🔹 Qancha ketdi?
🔹 Haqiqatan kerakmidi?
Masalan, kofe — 30 000 so‘m, tovuq — 48 000 so‘m, bolaga taglik — 55 000 so‘m. Izoh: taglik kerak edi, kofe esa shunchaki kayfiyat uchun.
Endi sarflagan pullaringizni quyidagi kategoriyalar bo‘yicha ajratib chiqing: “asosli”, “keraksiz xarajat”.
2. “Zarur” va “ortiqcha” kartalari
Bu usulni qo‘llashga ham 5 daqiqa vaqtingiz ketadi. Uni o‘yin ko‘rinishida amalga oshirish mumkin, hatto bolalar bilan ham o‘ynasa bo‘ladi. Har kuni 2 ta karta yasaladi:
Zaruriy xarid: Haqiqatan kerak bo‘lgan narsa
Ortiqcha xarid: Hozir qilmasa ham bo‘ladigan narsa
Oila a’zolari navbat bilan aytishadi:
- “Bugun taglik — zarur. Fast Food — ortiqcha”
- “To‘y sovg‘asi — zarur. Gazli ichimlik — ortiqcha”
Bu odat moliyaviy tanlovlar haqida fikrlashni kuchaytiradi va muhokama madaniyatini yaratadi. “Zarur” yoki “ortiqcha” degan kartalarga xarajatlar nomini yozib chiqasiz.
3. “Rasmiy moliyachi” o‘yinini o‘ynang. Har bir kvitansiya, mahsulot yoki transferdan keyin rasmga oling va alohida papkaga joylang: Telefon galereyasida alohida “budjet ” degan papka oching.
📂 Budjet | 📅 Iyul | 🛒 Xarajatlar
Bu orqali ko‘p narsani eslab qolish osonlashadi. Yil oxirida “Oila xarajatlari retrospektivasi”ni qilsa bo‘ladi — hatto gif/slayd-shou ham.
4. “Eng qimmat — eng foydali — eng kulgili”
Har hafta “eng qimmat xarid”, “eng foydali xarid” yoki “eng kulgili/keraksiz xarid”laringizning TOP ro‘yxatini tuzing. Bu orqali o‘zingizni anglaysiz. Hatto bolalar bilan bu tanlovni oqshom ovqat paytida o‘tkazsa ham bo‘ladi.
Emoji g‘oyasi:
💰 Qimmat
👍 Foydali
🤣 Bekorchi
5. “3 kunlik prognoz”
Har 3 kunda 1 marta quyidagilarni yozing:
Oldinda qanday xarajatlar bor?
• Bolaga vaksinatsiya
• Kommunal to‘lovlar
• Sayohat uchun jamg‘arma
Shu ro‘yxat orqali muhim narsalarni oldindan ko‘ra boshlaysiz. Bu jamg‘arma madaniyatini ham kuchaytiradi.
Xulosa
Budjet yuritish — bu o‘zingizni jazolash emas. Unga oqilona, oila bilan birga, kulgi bilan yondashish ham mumkin. Har kuni 5 daqiqa – va orzularingizga bir qadam yaqinroq bo‘lasiz. Yaxshi budjet – bu baxtli oila.
Mavzuga oid
10:40 / 04.12.2025
Maktab va bog‘chalar qurilishini moliyalashtirish mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi
14:41 / 03.12.2025
“Hech kim bizga kredit bermasdi” - Jamshid Qo‘chqorov avvalgi ma’muriyat davridagi budjet profitsiti haqida
15:36 / 28.11.2025
O‘zbekiston oltin narxi oshishining budjet va dollar kursiga ta’sirini cheklashi kerak – XVJ
11:06 / 10.11.2025