Jahon | 07:41 / 14.07.2025
1947
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi

Army SOS - 2014 yildan beri Ukraina Qurolli kuchlariga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullanadigan Ukraina jamoat tashabbusi. Rossiya Adliya vazirligi uni «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga kiritdi.

Foto: Andrey Lyubimov / RBK

Rossiya Adliya vazirligi Ukrainaning Army SOS xayriya fondini «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga kiritdi. Tegishli yozuv idora saytida 11 iyul kuni paydo bo‘ldi, qaror qabul qilingan sana – 23 iyun.

Army SOS — Ukrainaning jamoat tashabbusi bo‘lib, u 2014 yildan beri Ukraina Qurolli kuchlariga yordam berish uchun mablag‘ to‘playdi. Tashkilot 2014 yil 26 avgustda ro‘yxatdan o‘tgan va uning direktori Yaroslav Tropinov. Jamg‘arma Ukraina armiyasi uchun yuqori texnologiyali uskunalar, jumladan, havo va radio razvedka tizimlari, shuningdek, boshqaruv va o‘t ochish tizimlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan.

«Nomaqbul» tashkilotlar reyestriga Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Yevropa chidamlilik tashabbusi markazi (ERIC) ham kirdi. Markaz 2022 yilda Rossiyadan Germaniyaga ko‘chib ketgan Geynrix Byoll jamg‘armasining Kiyevdagi vakolatxonasi sobiq direktori, siyosatshunos Sergey Sumlenniy tomonidan tashkil etilgan.

ERIC missiyasi maqsadi «Yevropada demokratiyani mustahkamlash va Yevropa davlatlari o‘rtasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish» deb ta’kidlangan. 2023 yilda ERIC Ukraina Qurolli kuchlari uchun uchuvchisiz uchoqlar, elektr stansiyalari va boshqa jihozlarni sotib olish uchun bir nechta xayriya kampaniyalarini uyushtirib, Ukraina tinch aholisi va harbiylarini qo‘llab-quvvatlash uchun 300 000 yevrodan ortiq pul to‘pladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid