Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari va Migratsiya agentligi vakillari amaliy safar bilan Turkiyaning Nig‘de viloyatida bo‘ldi.
Safar davomida O‘zbekiston vakillari Nig‘de viloyati Chorvadorlar uyushmasi rahbari Bilgexan Guney bilan uchrashdi.
Uyushma rahbari Bilgexan Guney muloqot avvalida mazkur tuzilma 14 000 dan ortiq chorvadorlarlarni birlashtirishini, ular bugungi kunda malakali ishchi kuchiga ehtiyoj sezayotganini va mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb etishga yaqindan ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Turkiya vakili O‘zbekiston rahbariyati tomonidan migratsiya jarayonlarini tartibga solish, xavfsiz va tizimli mehnat migratsiyasini tashkil etish, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mamlakat fuqarolarini hamda ularning oila-a’zolarini qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilinayotgan dasturlar va ularning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Suhbat yakunida uyushma rahbari bilan O‘zbekistondan qonuniy asosda ishchi kuchini jalb etish va Nig‘de viloyati mehnat bozoridagi amaldagi talablarni batafsil o‘rganish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
O‘zbekiston vakillarining navbatdagi manzili Tug‘rul zotdor qoramollar va sut mahsulotlari yetishtirish korxonasi bo‘ldi.
Dastlab bu yerda ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Korxona rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralarda O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ravishda ishga joylashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Ma’lum qilinishicha, korxona tomonida ishchilar munosib maosh, uch mahal ovqat va yotoqxona bilan ta’minlanadi. Shuningdek, viza bilan bog‘liq masalalar hamda ishlash ruxsatnomasini rasmiylashtirish va boshqa hujjatlar bilan bog‘liq masalalar Turkiya tomoni zimmasida.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026