Jahon | 11:41 / 18.07.2025
4788
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada - yollanma askarlarni frontga yuborishning yangi sxemasi

«Dobrokor» ko‘ngilli bo‘linmalari tarkibida yollanma askarlarni frontga jo‘natishning yangi sxemasi kuratori Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabining Bosh boshqarmasi hisoblanadi, deya ma’lum qildi surishtiruvchilar.

Foto: Russian Defense Ministry Press Service/AP Photo/picture alliance

Rossiyada «Dobrokor» ko‘ngilli bo‘linmalari tarkibida Ukrainaga qarshi urushga yollanma askarlarni yuborishning yangi sxemasi amal qilmoqda. Bu haqdagi ma’lumot «Sistema» surishtiruv loyihasi tomonidan e’lon qilindi.

Yangi «Dobrovolcheskiy korpus» tuzilmasi 2023 yilda «Redut» xususiy harbiy kompaniyasi» negizida tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabining Bosh boshqarmasi kurator va moliyaviy markaz sifatida ishlaydi.

Yangi sxema bo‘yicha yollash «Svyatoy Georgiy» brigadasi va «Don» kazaklar tuzilmasini o‘z ichiga olgan 27 ta bo‘linmada amalga oshirilyapti.

Surishtiruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, «Dobrovolcheskiy korpus» ning asosiy kuratori Bosh shtab Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, general-leytenant Vladimir Alekseyevdir.

Bo‘linmalar frontning deyarli barcha yo‘nalishlarida: Xarkiv, Donetsk, Luxansk, Zaporijjya, Xersonda jang qilmoqda. Ular Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi janglarda ham qatnashgan.

Yangi sxema bo‘yicha urushga 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar (tibbiy otryadlarga) yuborilishi mumkin. O‘quv poligonidagi mashg‘ulotlar 10 kundan ikki haftagacha davom etadi. Shartnomaning minimal muddati — olti oy, shuningdek, sakkiz oy va bir yil muddatga shartnoma tuzish imkoniyati mavjud. Muddat tugagandan so‘ng, shartnoma uzaytirilishi yoki uyga qaytish mumkin. «Ko‘ngilli» «jangovar harakatlar faxriysi» maqomiga da’vo qilish huquqiga ega.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid