Rossiya armiyasiga yollangan yana bir özbekistonlik jinoiy jazoga tortildi. U uruşga yollanişdan oldin narkotik savdosi bilan ayblanib qamalgan.

Kun.uz tanişgan sud hukmida keltirilişiça, Paxtaçi tumanida yaşovçi 1998 yilda tuğilgan A.H. 2019 yil dekabr oyida işlab pul topiş maqsadida Rossiyaning Moskva şahriga borgan. Avvaliga quriliş, keyinçalik issiqxona quriş işlarida işlab yurgan yigit 2021 yilda narkotik modda savdosida ayblanib, 7 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va qattiq tartibli koloniyaga yuborilgan.

A.H. 2024 yil iyul oyida jazoni ijro etiş muassasasida olib borilgan tarğibot işlari paytida jazodan ozod qiliş va Rossiya fuqaroligini beriş va’dasi bilan Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişga rozilik bildirgan. Söngra Luhansk va Kursk viloyatidagi harbiy harakatlarda qatnaşgan.

A.H. sudda öz aybiga qisman iqrorlik bildirgan.

“2019 yil pul topiş maqsadida Moskva şahriga borib, beton quyadigan firmaga işga kirdim. Iş juda oğir va qiyin bölgani uçun 10-15 kundan söng Sankt-Peterburg şahriga ketdim. U yerda 2020 yil mart oyiga qadar quriliş işlarida payvandçi bölib işladim. Quriliş firmasi karantin sabab öz faoliyatini töxtatdi. 2020 yil sentabr oyida akam meni özi işlab yurgan Vladivostok şahriga çaqirdi. Biroz muddat akam bilan daça qurilişida işladim va 2020 yil noyabr oyida Sankt-Peterburg şahriga qaytib keldim.

2021 yil mart oyida Moskva şahridagi quriliş firmasiga payvandçi bölib işga ötdim. U yerda 2021 yil iyul oyiga qadar işlab, söng Çelyabinsk şahrida issiqxona quriş va unga mevali köçatlar ekiş işlari bilan şuğullandim.

2021 yil 5 avgust kuni keçasi biz yotgan yotoqxonaga Rossiya huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari kelib, barçani qölga olişdi. Söng yotoqxonada tintuv ötkazişdi. Tintuv harakati davomida yotoqxonadan 43 gramm geroin va tarozi topişdi. Şundan keyin bizni vaqtinça saqlaş hibsxonasiga olib ketib, 2022 yil 20 avgust kuniga qadar saqlaşdi. Söngra giyohvand vositalari noqonuniy savdosi bilan ayblab, menga 7 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaşdi”, degan yigit öz körsatmasida.

A.H.ni 2022 yil sentabr oyi oxirida Leninskiy tumanidagi qamoqxonaga olib borişgan. 2023 yil senyabr oyida qamoqxona tezkor xodimi u bilan suhbatlaşib, Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etiş taklifini bergan. Buning uçun pul, Rossiya fuqaroligi taklif etilgan.

“Dastlab bu taklifni rad etdim. 2024 yil iyul oyida Rossiya huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari qamoqxonaga kelib, mahbuslar bilan suhbat ötkazdi. Bu paytda jarima izolyatorida edim. Soğligim yomonlaşib borayotgani sababli ularning taklifiga rozi böldim va şartnomaga imzo qöydim.