Surxondaryoda Rossiya armiyasiga yollangan yigitga sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Hukmda keltirilişiça, 2000 yilda Uzun tumanida tuğilgan S.B. 2019 yildan işlab pul topiş maqsadida Rossiyaga borib-kelib yurgan. U 2023 yil 22 aprelda Tojikiston orqali Rossiyaga ketgan. Moskva viloyatida işlab yurişi jarayonida 2025 yil aprel oyida Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan.
S.B. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan hamda uruşga majburlikdan borganini, organ xodimlari uni aldab, şartnomaga imzo qöydirib olganini aytgan.
“2025 yil 26 martgaça Moskva viloyati Krasnogorskiy şahrida joylaşgan maşinasozlik zavodida işladim. Şundan söng Rossiya Federatsiyasida vaqtinça böliş hujjatlarimning muddati ötgani uçun işdan böşatişdi.
2025 yil 1 aprel kuni boşqa iş qidirib yurgan vaqtimda politsiya xodimlari uşlab, hujjatim bölmagani sababli hibsxonaga joylaştirişdi. Hibsxonada turli davlatlardan bölgan 7 nafar mehnat migranti ham bor edi. 2 aprel kuni politsiya xodimi deport qilinişim mumkinligini aytib, Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişni taklif qildi. Rossiya armiyasi safida şartnoma asosida 1 yil xizmat qilsam 3 mln rubl pul mukofoti va Rossiya fuqaroligi berilişini va’da qilişdi.
Men uruşga bormasligimni aytdim. 3 aprel kuni politsiya xodimlari “deport hujjatlariga imzo qöy”, deya öqib çiqişimga imkon bermasdan Rossiya armiyasida xizmat qiliş böyiça şartnomaga imzo qöydirib olişdi. 4 aprel kuni konvoy va maxsus otryad xodimlari kelib, avtobusda Voronej şahriga olib ketişdi”, degan yigit suddagi körsatmasida.
Şundan söng S.B. va boşqalarni harbiy qismga olib borişib, bir oy davomida dala öquv maydonida harbiy maşğulotlar ötkazişgan. Agar xizmatdan böyin tovlaşsa, uzoq muddatga qamalişlarini aytib, qörqitişgan.
“Maşğulotlarda öqotar qurollar va aloqa vositalaridan foydalaniş, birinçi tabbiy yordam körsatiş kabi könikmalarni örgatişdi. U yerda turli davlat fuqarolari bor edi. Öquv maşğulotlari tugaganidan söng 50 kişi orasidan meni va yana 3 kişini avtobusda Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan qismiga olib borişdi.
2025 yil 29 aprel kunigaça yangi kelganlardan tuzilgan vzvodda yana harbiy tayyorgarlikdan ötdik. Şundan söng 18 kişini avtobusda Kremennaya degan örmonga olib borişdi. Ertasi kuni qöşimça öq-dori va qurol berişdi: örtaga bir qança turdagi öq-dori, qurol, granatalar va tibbiy qutilarini qöyib, keragiça olinglar, uruşga kiramiz, deyişdi.









