Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari sa’y-harakatlari bilan Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol oilasi bag‘riga qaytarildi.
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston fuqarosi Ye.X. mamlakat elchixonasiga murojaat qilib, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolganini, vaqtinchalik turar joy va kundalik ehtiyojlar uchun zarur mablag‘ga ega emasligini ma’lum qilib, yordam so‘ragan.
Uning murojaati elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, zarur konsullik-huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Unga O‘zbekistonga qaytish uchun tegishli konsullik guvohnomasi rasmiylashtirildi va elchixona xodimlari hamda homiylar ko‘magida aviachipta xarid qilindi. Ye.X. kuni kecha Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Islomobod-Toshkent aviareysi bilan vatanga qaytarildi.
Mavzuga oid
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
21:05 / 20.05.2026
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
23:00 / 18.05.2026