Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Mirage 2000 qiruvchi samolyotining jihozlari ishlamay qolgach, ukrainalik uchuvchi katapultani amalga oshirgan. Maxsus komissiya voqea sabablarini aniqlaydi.
Ukrainada parvoz missiyasini bajargan Mirage 2000 qiruvchi samolyotining samolyot jihozlari ishlamay qoldi, deb xabar qildi Ukraina havo kuchlari 22 iyul, seshanba kuni kechqurun Telegramʼda. Uchuvchi katapultani amalga oshirgan, uning ahvoli barqaror, deyiladi postda.
«Yerda qurbonlar yo‘q. Aviatsiya halokati sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tayinlandi», — deya ta’kidladi Ukraina havo kuchlari. Postda voqea Ukrainaning qaysi hududida sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Matbuot ma’lumotiga ko‘ra, gap mamlakat g‘arbidagi Volin viloyati haqida ketyapti.
Ayni vaqtda Ukraina havo kuchlari vakili, polkovnik Yuriy Ignat «Ukrainskaya pravda» internet nashriga bergan intervyusida uchuvchining «samolyotni boshqarish imkoni bo‘lmadi, biroq bor imkoniyatlardan foydalanib, samolyot aholi punktlaridan uzoqroqqa, kimsasiz joyga yo‘naltirildi» degan so‘zlarini yetkazdi.
«Dunyoda samolyotlarning nosozlik holatlari uchrab turadi, shuning uchun komissiya ushbu aviahalokat sabablarini aniqlaydi», deb qo‘shimcha qildi Ignat.
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026