Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sudlangan general Ivan Popov orden bilan taqdirlandi
General Ivan Popov Zaporijjya viloyatining rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan qismidagi xizmatlari uchun mukofotlangan. U avvalroq viloyatda istehkomlar qurilishi vaqtida mablag‘larni o‘zlashtirish ishi bo‘yicha sudlangandi.
Rossiya Qurolli kuchlari 58-armiyasining sobiq qo‘mondoni general Ivan Popov Ukrainaning Zaporijjya viloyatining Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan qismi «hokimiyati» tomonidan 1-darajali «Zaporijjya viloyati oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. Tegishli buyruqni 24 iyul, payshanba kuni viloyatning qo‘shib olingan qismi «gubernatori» Yevgeniy Balitskiy imzoladi.
Unga ko‘ra, Popov «jasorat, professionallik va xizmat vazifasini bajargani uchun» taqdirlangan. U bilan birga 2023 yil yozida Ukraina qurolli kuchlarining Zaporijjya yo‘nalishidagi qarshi hujumini qaytarishda qatnashgan yana uch qo‘mondon ham taqdirlandi, dedi Balitskiy. Ular orasida general-polkovnik Oleksandr Romanchuk, general-polkovnik Denis Lyamin va general-leytenant Sergey Nirkov bor.
2023 yil iyul oyida 58-armiyaga qo‘mondonlik qilgan general Ivan Popov o‘z askarlariga murojaatida Rossiya armiyasining muammolari haqida qo‘mondonlikka hisobot bergani va Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyatining qarorlarini tanqid qilgani uchun lavozimidan chetlashtirilganligini aytdi. Popov o‘rniga general-leytenant Denis Lyamin qo‘mondon etib tayinlandi.
2024 yil may oyining o‘rtalarida Popov juda katta miqdordagi firibgarlikda gumonlanib hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, general 2023 yilda Zaporijjya viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati mudofaa inshootlarini qurish uchun sotib olgan va harbiylarga topshirilgan qiymati 130 million rubldan ortiq bo‘lgan 1700 tonnadan ortiq «metall prokat»ni o‘g‘irlashda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025