Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi
Germaniya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdan muhojirlarni chiqarib yuborish holatlari sezilarli darajada oshgani haqida xabar berdi. «Germaniya uchun muqobil» partiyasining o‘ng populistlari chiqarib yuborilishi mumkin bo‘lgan muhojirlarni izchil deportatsiya qilishga chaqirdi.
Joriy yilning birinchi yarmida Germaniyadan deportatsiya qilingan migrantlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan. «2025 yilning yanvaridan iyunigacha 11 807 kishi deportatsiya qilindi», — deya 25 iyul, juma kuni Germaniya Ichki ishlar vazirligining o‘ta o‘ng «Germaniya uchun muqobil» (GuM) partiyasidan parlament a’zosi Leyf-Erik Xolmning parlament so‘roviga javobini keltirgan AFP.
2024 yil avgust oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning birinchi olti oyida Germaniyadan 9465 nafar muhojir chiqarib yuborilgan. Xristian-sotsial ittifoq (XSI) vakili Aleksandr Dobrindt boshchiligidagi Ichki ishlar vazirligining yangi ma’lumotlariga ko‘ra, butun 2024 yilda Germaniyadan 20 084 kishi deportatsiya qilingan. O‘sha paytda Germaniya ichki ishlar vaziri lavozimini sotsial-demokrat Nensi Fezer egallagan. May oyida lavozimga kirishgach, Dobrindt migratsiya siyosatini kuchaytirish, jumladan, deportatsiyalar sonini oshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
GuMdan deputat Xolm AFP agentligiga bergan intervyusida Germaniya hukumatini chegaraga kiritishdan bosh tortish va undan keyin deportatsiya qilish amaliyotini sezilarli darajada kengaytirishga chaqirdi. O‘ta o‘ng partiyadan bo‘lgan deputat, shuningdek, «deportatsiya qilinadigan odamlar yashirinib qoladigan holatlarning oldini olish uchun deportatsiya markazlarini zudlik bilan tashkil etish zarurligini» ta’kidladi.
Avvalroq uchinchi mamlakatlarda deportatsiya markazlarini yaratish g‘oyasini Aleksandr Dobrindtning o‘zi ham taklif qilgan edi. 22 iyul kuni Kopenhagenda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi chog‘ida u bu yondashuvni «innovatsion» va «mutlaqo zarur» deb atadi.
Mavzuga oid
12:04
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026