Turizm | 09:39 / 29.07.2025
3893
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivalda 7 tonna palov tayyorlanadi

Rossiyaning "Karavan Info" axborot agentligi joriy yilning 1-3 avgust kunlari Samarqandda o‘zbek taomlarini ommalashtirish va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida birinchi "Samarqand palovi" xalqaro festivali bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Nashrda ta’kidlanishicha, festivalning asosiy voqeasi 200 dan ortiq oshpaz ishtirokida 7 tonna palov tayyorlash bo‘ladi. "Bu voqea 3 avgust kuni "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog‘i hududida bo‘lib o‘tadi va haqiqiy rekordga aylanadi", – deyilgan materialda.

Festival dasturiga ko‘ra, 1 avgustda Sulton Xovand Beka maqbarasi hududida ochilish marosimi, oshpazlik tanlovlari va mahalliy retseptlar taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 2 avgustda xalqaro festival, Alisher Navoiy ko‘chasida xorijlik oshpazlar ishtirokida master-klass o‘tkaziladi, 3 avgust kuni esa mega-palov tayyorlanadi va xayriya tadbiri tashkil etiladi.

"Uch kun davomida mehmonlar hunarmandchilik yarmarkalari, Sharqona shirinliklar ko‘rgazmalari, madaniy va konsert dasturlarini tomosha qiladilar. Tayyorlangan palov mehribonlik uylari, maktab-internatlar va qariyalar uylariga topshiriladi", – deb yozilgan "Karavan Info" materialida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid