Jahon | 14:05 / 29.07.2025
1365
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq Temu'ni raqamli xizmatlar haqidagi qonunni buzganlikda aybladi

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, iste’molchilar Xitoyning Temu internet-do‘konida «noqonuniy mahsulotlarga duch kelish xavfi bor».

Foto: NICOLAS TUCAT/AFP via Getty Images

28 iyul, dushanba kuni chop etilgan press-relizga ko‘ra, Yevropa Komissiyasi Xitoyning Temu internet-do‘konini Yevropa Ittifoqining raqamli xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunini (DSA, Digital Service Act)ni buzganlikda aybladi. Amaldorlarga ko‘ra, marketpleys o‘zidagi noqonuniy mahsulotlar savdosini to‘xtatish uchun yetarlicha sa’y-harakatlar qilmayapti. «Dalillar shuni ko‘rsatdiki, Yevropa Ittifoqidagi iste’molchilar platformada noqonuniy mahsulotlarga duch kelishi xavfi yuqori», deya bildirdi YeK.

DSA'ga muvofiq, Temu «juda katta onlayn platforma» sifatida tasniflanadi. U Yevropa Ittifoqida 94 millionga yaqin kishi tomonidan faol foydalaniladi. Agar kompaniyaga qarshi ayblovlar tasdiqlansa, u global yillik aylanmasining 6 foizi miqdorida katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

2024 yil oktyabr oyi oxirida Yevrokomissiya Temu'ga nisbatan jarimaga tortish tartibi ochilganini e’lon qildi. Boshqa narsalar qatori, rasmiylar marketpleys veb-saytining dizaynini o‘rganishni rejalashtirgan. Uning tanqidchilari fikricha, u xaridorlarni qaram qilish va ularni rejasiz xaridlarni amalga oshirishga undash uchun yaratilgan.

Temu Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini e’lon qildi va o‘z maqsadini «iste’molchilar uchun xavfsiz va ishonchli bozor» deb atadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid