Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada xususiy bog‘cha rahbari bolaga jarohat yetkazdi
U tayyorlov guruhidagi bolani she’r yodlab kelmagani uchun yelkasidan qattiq siqib, tan jarohati yetkazgan. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Xiva tumanida xususiy bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni Xorazm viloyati MMTB tasdiqladi.
Qayd etilishicha, voqea 29 iyul kuni ro‘y bergan. Bog‘cha rahbari J.M. tayyorlov guruhiga rus tili fanidan qatnashib yurgan U.Sh.ni she’rni yodlab kelmagani uchun uning chap yelka sohasini qo‘li bilan qattiq siqib, tan jarohati yetkazgan.
Bolaning yaqinlari tuman IIBga murojaat qilgan va holat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirokida muhokama qilingan. Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Mazkur voqea bo‘yicha tegishli huquqiy baho berish, bola huquqlari va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olingan”, – deyiladi MMTB axborotida.
Avvalroq G‘ijduvonda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan olingan edi.
Mavzuga oid
07:54 / 06.05.2026
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi Toshkent – Xiva yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
21:25 / 18.03.2026
2 maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi
14:24 / 14.03.2026