Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘yiga ekilganiga ko‘p bo‘lmagan pavloniya daraxtlari nobud bo‘lyapti. Ko‘cha bo‘yidagi qurilish ishlari sabab, ularni sug‘orish to‘xtab qolgan bo‘lishi mumkin. Ekologiya vazirligi va poytaxt hokimligi holatga izoh bermadi. Kun.uz muxbiri qurib borayotgan daraxtlarni tasvirga tushirdi.
Yo‘lning ikki tarafida yuzdan ortiq pavloniya daraxtlari qurib boryapti. Ko‘chaning har ikki tomonida qurilish ishlari olib borilyapti. Daraxtlar ayni yoz jaziramasini suvsiz o‘tkazayotganiga shu qurilishlar sabab bo‘lishi mumkin.
Qolaversa, tuproq surilganda, ayrim daraxtlarning tomir qismi ochilib qolgan.
Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati holatni biz bilan birga joyiga kelib o‘rganishni va’da qilgan edi, lekin bunday bo‘lgani yo‘q. Shahar hokimligi ham bu mavzudagi savollarni javobsiz qoldirdi.
Shu yerda ishlayotgan vatandoshlardan biri Yangi O‘zbekiston ko‘chasi kengayayotganini, 21 kmlik veloyo‘lak tashkil qilinayotganini aytdi. Lekin boshqa tafsilotlar noma’lum.
Mavzuga oid
18:42
Prezident qarori: Toshkentda tirbandliklarni kamaytirish choralari tasdiqlandi
14:47
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
09:34 / 04.12.2025