Jahon | 21:02 / 03.08.2025
2200
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya madaniyat vazirligida gender-neytral tildan foydalanish taqiqlandi

Madaniyat vazirining fikricha, gender-neytral til nemis jamiyatini birlashtirish o‘rniga parchalamoqda. 

Foto: AP

Germaniya madaniyat vaziri Volfram Vaymer vazirlikda rasmiy yozishmalarda gender-neytral tildan foydalanishni taqiqladi. U bu haqda Bild am Sonntag gazetasiga ma’lum qilgan.

"Madaniyat va OAV ishlari bo‘yicha vakolatxonada nemis tili qoidalari amal qiladi. Maktublarda, elektron xabarlar va izohlarda gender-neytral so‘zlardan foydalanilmaydi", - deb ta’kidlagan vazir.

Vaymer yozishmalarda "Hurmatli xonimlar va janoblar!" deb yozilishini aytgan. Uning fikricha, gender-neytral til nemis jamiyatini birlashtirish o‘rniga parchalamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid