Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Mangal fest’da janjal yuzaga keldi
Huquq-tartibot organlari janjal kengayib ketishining oldini olgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkentning Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida o‘tkazilgan Mangal fest festivalida 2 avgust kuni bir necha kishi ishtirokida janjal yuzaga kelgan. Holat aks etgan videolarda ularni huquq-tartibot organlari xodimlari ajratayotgani aks etgan.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur festival tinch va osoyishta o‘tishini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar jalb qilingan. Biroq ayrim fuqarolar jamoat tartibini buzib o‘zaro janjallashgan.
«Shu yerda xizmat olib borayotgan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu janjal to‘xtatib qolindi hamda og‘ir oqibatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi», deyiladi xabarda.
Janjallashgan fuqarolarning barchasining shaxsi aniqlanib, profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida yaqin oradagi IIBga olib borilgan.
Videoda aks etgan holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha jamoat tartibini buzishda ishtirok etgan fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanishi qo‘shimcha qilingan.
Toshkent shahrida 27–29 iyun kunlari pivo festivali o‘tkazilgan va bu tadbir jamoatchilikda katta bahs-munozaraga sabab bo‘lgandi. Xususan, «Milliy tiklanish» partiyasi deputati Firuza Muxamedjanova uni «an’analarga xilof va ma’naviy qadriyatlarga tahdid» deb baholagandi.
Mavzuga oid
13:15 / 03.12.2025
Mirobod tumanida Chery haydovchisi piyodani urib yubordi
11:22 / 26.11.2025
Toshkentda mast holda bezorilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
20:51 / 30.10.2025
Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi mushtlashuvda halok bo‘ldi
17:00 / 29.10.2025