O‘zbekiston | 11:44 / 05.08.2025
2333
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

“Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Qarorga ko‘ra, quyidagilar Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sanoatni rivojlantirishning 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

🔹 yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
🔹 yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali 5,1 ming doimiy ish o‘rinlarini yaratish.

Nurobod tumani Sazag‘on massividagi bo‘sh turgan 115,3 gektar yer uchastkasi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidan chiqariladi va ushbu hududda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun New Vision Investment Development MChJ xorijiy kompaniyasi tashkil etilgan. 

Shuningdek, maxsus sanoat zonasida ishlab chiqarish binolarini ko‘p qavatli (3-4 qavat) qilib qurish nazarda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid