Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaliklar Rossiya-Gurjiston chegarasida ochlik e’lon qildi
Rossiya-Gurjiston chegarasida qolib ketgan kamida 15 nafar Ukraina fuqarosi norozilik sifatida ochlik e’lon qildi. Ularning talablari orasida Ukraina konsuli bilan uchrashish, qo‘lga olinish sabablarini tushuntirish va Ukrainaga o‘tish kafolatlari bor.
Foto: Thomas Schulze/dpa/picture alliance
Rossiyadan chiqarib yuborilganidan keyin Gurjiston bilan chegarada qolib ketgan kamida 15 nafar Ukraina fuqarosi ochlik e’lon qildi. Ular Gurjiston bojxona xizmati rahbariga tegishli bayonotni taqdim etdi, deb xabar berdi «Novaya gazeta Yevropa» manbalariga tayanib.
Ukrainaliklar Ukraina konsulidan o‘zlari joylashgan Gurjiston chegarasidagi «Yuqori Lars – Daryali» nazorat-o‘tkazish punktining bufer zonasiga kelishini talab qilmoqda. Shuningdek, ular tibbiy yordam, qo‘lga olinganlik sabablari va huquqiy maqomi, Ukrainaga o‘tish va Rossiyaga qaytmaslik kafolatlari hamda o‘zlari saqlanayotgan yerto‘ladan ozod etilishini so‘ramoqda.
Ochlik e’lon qilish haqidagi bayonot Ukrainaning Gurjistondagi elchixonasiga, Gurjiston ombudsmani idorasiga, Gurjiston Bosh prokuraturasiga, Amnesty International va Human Righs Watch inson huquqlari tashkilotlari hamda BMTning Gurjistondagi qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligiga ham yuborilgan.
«Daryali» Rossiyadan chiqarib yuborilgan ukrainaliklar mamlakatni tark etishi mumkin bo‘lgan yagona chegara punktidir. 5 iyundan buyon 100 ga yaqin ukrainaliklar, asosan erkaklar derazasiz, tor yerto‘lada, ko‘pchiligi hujjatsiz ushlab turilibdi. Ulardan ba’zilari jazo muddatini o‘tab, Rossiyadan deportatsiya qilingan sobiq mahbuslar, ba’zilari esa Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi chiqqan tinch fuqarolardir.
Mavzuga oid
13:44
Zelenskiy: AQSh va Ukraina tinchlik rejasida 20 band tayyor
11:21
Ukraina Polshaga rossiyalik arxeologni topshirishni so‘rab murojaat qildi
10:23
Ukraina Donetsk viloyatidagi Seversk shahrini tark etganini tasdiqladi
09:20