Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekkosmos” qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib boradi
"Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini nazorat qilishda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish maydonlari ustidan doimiy kuzatuv olib boriladi.
Bunda:
- “O‘zbekkosmos” agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlar bazalari o‘zaro integratsiya qilinadi;
- “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan hududiy inspeksiyalardan ro‘yxatdan o‘tgan obektlar bo‘yicha ma’lumotlar tizim orqali avtomatik olinadi;
- “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan hududiy inspeksiyalardan ro‘yxatdan o‘tmagan qurilish maydonlari aniqlangan taqdirda, mazkur obektlar haqida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligiga tegishli ma’lumotlar uzatib boriladi.
Belgilanishicha, “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshiriladigan kuzatuv ishlari respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
22:59 / 13.05.2026
O‘zbekistonning ilk kosmonavti 2028 yilda koinotga uchiriladi
17:44 / 19.02.2026
Birinchi o‘zbek kosmonavti umumxalq tanlovi asosida aniqlanadi
18:10 / 02.12.2025
Xitoy «Samarqand-2028» sun’iy yo‘ldoshini uchiradi
18:58 / 22.11.2025