Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda sayyohlar soni 255,1 ming nafarga yoki 48,3 % ga oshgan.
Foto: Aktan Temirkanov
2025 yilning yanvar-iyun oylarida 783,7 ming nafar chet el fuqarosi O‘zbekistonga sayyohlik maqsadlarida tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 255,1 ming nafarga yoki 48,3 % ga oshgan.
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh Rossiyadan kelgan - 166,6 ming nafar. Ikkinchi o‘rinda Turkmaniston turibdi — 123 ming nafar. Yuqori uchlikni Qozog‘iston yakunlagan - 77,7 ming nafar sayyoh.
Shuningdek, Qirg‘iziston (71,6 ming nafar), Tojikiston (49,1 ming nafar), Xitoy (39,1 ming nafar), Turkiya (29,3 ming nafar), Hindiston (22 ming nafar), Italiya (18,6 ming nafar) va Janubiy Koreya (14,9 ming nafar) yuqori o‘ntalikdan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
23:37 / 17.12.2025
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
11:52 / 16.12.2025