Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda mehnat staji «yasab beruvchi» mutaxassis ushlandi
U hech qayerda ishlamaydigan fuqarolarga ish haqi hisoblab, bu haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirib berishini aytgan.
Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi «Soliq servis» davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi DXX tomonidan ushlandi.
Qayd qilinishicha, u o‘z mavqeidan foydalangan holda soliq idoralaridagi tanishlari orqali 2 nafar mahalliy fuqaroga muqaddam hech qayerda ishlamagan bo‘lsalar-da, 2025 yil yanvar oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan davrda ish haqi hisoblab, bu haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirib berishini aytgan.
DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mutaxassis o‘z xizmati evaziga 12 mln 500 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026