Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Isroil aviakompaniyasi xodimlarining ishchi vizalarini uzaytirmayapti
Ushbu qaror G‘azo sektoridagi vaziyat sababli Fransiya va Isroil o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlik ortidan qabul qilingan.
Fransiya Isroilning G‘azo sektoridagi siyosati tufayli bir necha oydan buyon Isroilning “El-Al” aviakompaniyasi xavfsizlik xizmati xodimlarining ishchi vizalarini uzaytirishni rad etib kelmoqda, deb yozadi Ynet portali.
"Oxirgi olti oyda Fransiya hukumati “El-Al” aviakompaniyasining Parijda ishlaydigan xavfsizlik xizmati xodimlarining ishchi vizalarini uzaytirishni to‘xtatdi", - deb xabar berdi portal o‘z manbalariga tayanib.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu qaror G‘azo sektoridagi vaziyat sababli Fransiya va Isroil o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlik ortidan qabul qilingan.
Portalning qayd etishicha, ishchi vizalar Isroil aviakompaniyasi xodimlariga Fransiyada qonuniy yashash va ishlash huquqini bergan, ammo viza berish to‘xtatilgani bois ular mamlakatda noqonuniy turishga majbur bo‘lishmoqda.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026