Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anning shaxsiy ma’lumotlari hakerlar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi
Turkiya prokuraturasi hakerlar guruhini Erdo‘g‘anning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashda aybladi.
Foto: epa/vostock-photo
Turkiya prokuraturasi bir guruh yoshlarni hukumat bazasidan shaxsiy ma’lumotlarni, jumladan, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va bir qancha vazirlarning identifikatsiya raqamlarini o‘g‘irlash va sotishda aybladi.
Aniqlik kiritilishicha, ayblov xulosasida 20 kishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan 13 nafari 2021 yilda sodir etilgan jinoyat paytida voyaga yetmagan bo‘lgan. Hakerlar Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Ta’lim vazirliklari nazorati ostidagi platformalarga, shuningdek, boshqa bir qator idoralar, sug‘urta kompaniyalari va munitsipalitet saytlariga noqonuniy ravishda kirgan.
Sudlanuvchilar Turkiya fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlaridan elektron hujjatlarni, xususan, akademik va politsiya ma’lumotnomalarini, mulk haqidagi ko‘chirmalarni, dori-darmonlar uchun retseptlarni va boshqalarni qalbakilashtirish va keyinchalik sotish uchun foydalangan.
Tergov materiallarida ta’kidlanganidek, jinoyatchilar mijozlarga internetda, masalan, istalgan kasallik varaqasini tayyorlashni taklif qilgan. Shuningdek, hakerlar ixtiyorida Erdo‘g‘anning 11 xonali haqiqiy identifikatsiya raqami va bir necha vazirlar haqida shunga o‘xshash ma’lumotlar bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Hukumat ma’lumotlar bazalaridagi o‘g‘irlik 2021 yilda aniqlangan. 2022 yil aprel oyidan boshlab huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchilarni qo‘lga olishni boshlagan. Yaqinda prokuratura yoshlarga rasmiy ayblov e’lon qildi - ishdagi shaxslar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Turkiyada davlatning birinchi shaxslari haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq mojarolar ilgari ham sodir bo‘lgan. Masalan, 2016 yilda bir guruh noma’lum shaxslar 50 ming kishining shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, prezident haqidagi ma’lumotlarni ochiq e’lon qilgan edi. Bundan tashqari, jinoyatchilar o‘z harakatlari aynan Erdo‘g‘anga qarshi qaratilganini da’vo qildi.
Mavzuga oid
14:45
Samarqand elektr tarmoqlari Turkiya kompaniyasiga operatsion boshqaruvga beriladi
09:31 / 02.12.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizdagi hujumlarni “xavotirli eskalatsiya” deb atadi
17:36 / 01.12.2025
Qozog‘iston va Turkiya dengiz dronlari hujumi bo‘yicha Kiyevga norozilik bildirdi
11:08 / 01.12.2025