Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin bilan uchrashuv Tramp uchun yon berish emas – Rubio
AQSh davlat kotibi bu uchrashuv «pozitsiyalarni aniqlashga urinish» ekanini aytdi.
Foto: Umit Bektas / Reuters
AQSh davlat kotibi Marko Rubio prezident Donald Trampning 15 avgust kuni Alyaskada Kreml rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvi pozitsiyalarni aniqlashga urinish ekanini tushuntirdi.
Rubioning ta’kidlashicha, Oq uy rahbarining Putin bilan avvalgi uch-to‘rt telefon suhbati kutilgan natijani bermagan, shuning uchun Tramp Putin bilan shaxsan uchrashib, vaziyatni «odamning ko‘ziga qarab» baholashni zarur deb hisoblaydi.
«Odamlar tushunishi kerak - prezident Tramp uchun bu uchrashuv yon berish emas», dedi Rubio.
Shuningdek, AQSh davlat kotibi matbuotda Tramp bilan uchrashuv Putin uchun g‘alaba bo‘lgani va shu tariqa u izolyatsiyadan chiqqani haqidagi bayonotlarga ham munosabat bildirdi.
«Yig‘ilish - bu pozitsiyalarni aniqlash va qaror qabul qilish uchun qiladigan ish. Men barcha dalillarga ega bo‘lishni istayman. Men bu yigitning ko‘ziga qaramoqchiman. Va bu prezident ham qilmoqchi bo‘lgan narsa», dedi AQSh davlat kotibi.
Rubioning fikricha, ular uchrashuv davomida bu yondashuvning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati bor-yo‘qligini tezda tushunib olishadi.
Mavzuga oid
18:53
AQSh hukumati yil boshidan beri 85 mingta vizani bekor qildi
16:43
“Bizga Ukraina harbiylariga ta’minot keladigan ko‘prikni egallash topshirilgandi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi
15:30
Mers: Amerikaliklar Yevropa demokratiyasini qutqarishi shart emas
15:25