Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Tramp uchrashuvi oldidan moliyaviy prognozlar
Rossiya va AQSh yetakchilarining 15 avgust kuni rejalashtirilgan uchrashuvlari nafaqat siyosiy maydon uchun, balki dunyo iqtisodiyoti uchun ham o‘ta muhim. Uchrashuv natijalari neft, oltin, valutalar kursi va aksiyalar narxlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Ekspertlarning mana shu to‘rtta moliya vositalari bo‘yicha prognozlariga to‘xtalamiz.
Foto: Getty images
Neft. So‘nggi haftalarda Brent markali neft narxining dinamikasi Donald Tramp bayonotlari hamda investorlarning Rossiya neftini xarid qiluvchi mamlakatlarga (eng avvalo Hindiston va Xitoyga) qarshi ikkilamchi sanksiyalar haqidagi qarashlariga bog‘liq bo‘ldi. Iyul oxirida narxlar cho‘qqiga chiqib, barreliga 73 dollardan oshgan bo‘lsa, ikki prezident sammiti haqidagi ma’lumotlar ortishi bilan vahima pasayib, narxlar tushdi. 12 avgust kuni London birjasida Brent'ning barreli 66 dollargacha pasaydi.
Rossiya neftiga bosim kamayishi ehtimoli tufayli narxlar qisqa muddatda ko‘tarilishi mumkin, lekin o‘rta muddatda pasayish xavfi ham bor, chunki ta’minot ko‘payadi.
Oltin. 8 avgust kuni oltin narxi tarixiy rekordni yangilab, unsiyasiga 3534,1 dollarga yetdi. Bunga sabab AQShning 1 kg og‘irlikdagi oltin quyma importiga boj joriy etishi bo‘ldi.
2025 yilda oltin narxi markaziy banklarning barqaror talabi va iqtisodiy noaniqlik tufayli jozibador bo‘lib qolaveradi va unsiyasiga 3200–3300 dollar atrofida barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.
Valutalar. Rossiyaga nisbatan sanksiyalar yumshatilishi istiqbolida rublning mustahkamlanishi ehtimoli katta, ammo xorijga valuta chiqishi ko‘payishi mumkin. Bu esa rublni qisqa muddatga zaiflashtiradi.
Aksiyalar. Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish oson bo‘lmaydi, chunki ko‘p sanksiyalar Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan. Ammo energetika hamda logistika tarmoqlaridagi xalqaro kompaniyalar aksiyalari ko‘tarilishi mumkin.
Mavzuga oid
21:45 / 08.12.2025
Putin aholi sonini o‘stirish uchun otalikni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi
17:47 / 08.12.2025
AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi strategiyasi: asosiy jihatlar
08:50 / 08.12.2025
Tramp Zelenskiydan “biroz ranjigani”ni aytdi
11:00 / 07.12.2025