Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Putin harbiy bazada uchrashadi – CNN
Oq uy va Kreml rahbarlarining sammiti Ankorij shahridagi AQSh harbiy bazasida bo‘lib o‘tishi ta’kidlanmoqda.
AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvi Ankorij shahridagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda CNN telekanali Oq uyning nomi oshkor etilmagan ikki rasmiysiga tayanib xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, dastlab Oq uy Rossiya yetakchisi va uning hamrohlari Amerika harbiy obekti hududida qabul qilinishini istamagan. Biroq, Alyaskada hozir sayyohlik mavsumining eng yuqori cho‘qqisi, shu tufayli uchrashish uchun mos joylar deyarli qolmagan.
Oq uy rasmiylari Juno, Ankorij va Ferbenksda muzokaralar o‘tkazish variantlarini ko‘rib chiqqach, faqat Ankorij prezidentlar uchrashishi mumkin bo‘lgan potensial obektga ega degan qarorga kelgan.
«Tashkilotchilar katta shtatda sammit o‘tkazish uchun munosib joy Ankorij bo‘ladi, degan xulosaga keldi. Faqat shaharning shimoliy chekkasida joylashgan Elmendorf-Richardson bazasi tarixiy uchrashuvni o‘tkazish uchun qo‘yilgan talablarga javob beradi», deb ta’kidladi telekanal.
Bir kun avval Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Tramp va Putin o‘rtasidagi muzokaralar 15 avgust kuni Ankorijda bo‘lib o‘tishini tasdiqlagan, biroq uchrashuv joyi haqida aniq ma’lumot bermagan edi.
Uning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Ukrainadagi «urushga barham berishga qat’iy qaror qilgan». Levitt so‘zlariga ko‘ra, «prezident uchun bu uchrashuvning maqsadi - biz harbiy harakatlarga qanday barham berishimiz mumkinligini yaxshiroq tushunishdir».
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026