Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzodxon Qudratxo‘jani haqorat qilgan shaxs jarimaga tortildi
Huquqshunos va bloger Aziz Hakimov O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘jani haqorat qilgani va u haqda yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun sud qarori bilan 18,7 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Sherzodxon Qudratxo‘ja va Aziz Hakimov
Comrade_Aziz nomi ostida faoliyat yuritadigan Aziz Hakimov jurnalist Sherzodxon Qudratxo‘jani haqoratlagani uchun jarima to‘laydigan bo‘ldi. Bunga oid ish JIB Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Sherzodxon Qudratxo‘ja Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Jurnalistning yozishicha, u Kirill Altmanga bergan intervyusida Rossiyaning Smolin, Prilepin, Zaxarov va yana boshqa siyosatchilariga bergan achchiq javoblari va bahosidan keyin Comrade_Aziz nomi ostida faoliyat yuritadigan Aziz Hakimov uni haqorat qilgan. Shuningdek, obro‘sizlantiradigan videorolik hamda matnli xabarlarni davomiy chiqara boshlagan.
«Bir chiqdi, indamadim, mayli, bu so‘z erkinligi, dedim; ikki chiqdi, indamadim, mayli, bu hurfikrlik dedim; uch chiqdi, indamadim, bu bahs va polemika, dedim. Indamaganim sari bu kimsa o‘zbekona andishamni qo‘rqoqlik deb o‘yladi shekilli, haddidan osha boshladi, axloq va odob chegarasini buzdi, meni natsist dedi, natsionalist dedi, bosmachilar va boylarning o‘lmay qolgan avlodi dedi, ismimni kamsitib yozdi, familiyamdan “-yev”ni olib tashlaganim, nima emish, yoqmaganmish, shu sabab bobolarim ismini ham buzib tahqirlay boshladi. Xo‘p chidadim, ko‘p chidadim! Ammo qarasam, tinmayapti, yigitlarimizning o‘zga davlatda jang qilishini madh qilyapti, non-tuzimizni yeb turib, bizning yurtimizni, vatandoshlarimizni ochiqdan ochiq yerga ura boshladi», – deb yozgan Sherzodxon Qudratxo‘ja.
Shuningdek, jurnalist so‘z, fikr erkinligi bo‘lishi kerakligini, biroq hech kim boshqa odamni tahqirlashi, tuhmat qilishi yo haqorat qilishi mumkin emasligini bildirgan, tashqi tahdidlar xavfi haqida aytgan.
«O‘zbekistonning dunyo xaritasidagi joylashuvi noqulay va murakkab nuqtada joylashgan, najot yoshlarimizda, najot bilim va ilmda, najot yangi zamonaviy texnologiyalarda! Esingizda, o‘tgan asr boshida Qodiriy bobomiz “O‘tkan kunlar” romanida bizni ogohlantirgandi. Yuzlab, minglab jadidlarimiz, oydinlarimiz qatag‘on bo‘ldi, qabrlarini haligacha topolmay sarsonmiz. O‘shandayam odamlarimiz bug‘doy narxi, arpa narxi deb yurishgan. Shimoldan kelayotgan tahdid naqadar xavfli ekanini payqashmagan», – degan u.
Sud qarori bilan Aziz Hakimov Sherzodxon Qudratxo‘ja to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot tarqatgan va uni haqoratlagan deb topilib, 18,7 mln so‘m miqdorda jarima jazosiga tortildi.
Mavzuga oid
12:44 / 21.08.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker Valeriy Yugayga sud hukmi o‘qildi
12:03 / 21.07.2025
Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi
15:52 / 11.07.2025
Tuhmat va haqorat bo‘yicha ma’muriy ishlar ariza asosida qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi
16:56 / 07.07.2025