Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh nomi bilan tanilgan tiktoker Valeriy Yugay 3 yil 1 oyga qamaldi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Jinoyat işlari böyiça Nurafşon şahar sudining hukmi bilan Valeriy Yugay Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş) 2-qismi va 158-moddasi (Özbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qiliş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda ötab berişi belgilangan. Hukm qonuniy kuçga kirmagan. Yugay birinçi instansiya sudining hukmi ustidan belgilangan tartib va muddatda Toşkent viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida şikoyat beriş va protest keltirişga haqli.
Valeriy Yugay 2024 yil oktyabr–noyabr oylarida Janubiy Koreyada bölgan vaqtida ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali millatlararo nizo keltirib çiqarişi mumkin bölgan, milliy qadr-qimmatni tahqirlovçi hamda diniy e’tiqodga köra fuqarolarni kamsituvçi sözlar bilan Özbekiston fuqarolariga nisbatan qator haqoratli çiqişlar qilgan.
Tiktoker joriy yil 25 mart kuni Abu Dabi-Samarqand reysi orqali Özbekistonga keltirilib, huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan protsessual tartibda uşlangan edi.








