Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegraph: Tramp Rossiyaga Alyaskada minerallar qazib olishni taklif qilmoqchi
Nashrga ko‘ra, Amerika prezidentining yana bir taklifi fuqaro aviatsiyasi samolyotlari uchun Rossiyaga ehtiyot qismlar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash bo‘ladi.
AQSh Rossiyaga Alyaskada kamyob minerallarni qazib olishni taklif qilish niyatida, deb yozadi The Daily Telegraph. Qayd etilishicha, AQSh yetakchisi Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Alyaskadagi uchrashuvda ushbu taklifni bermoqchi.
Nashrga ko‘ra, Amerika prezidentining yana bir taklifi fuqaro aviatsiyasi samolyotlari uchun Rossiyaga ehtiyot qismlar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash bo‘ladi. The Daily Telegraph bunday kelishuv Boeing konserni uchun foydali bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Nashr suhbatlashgan Britaniya hukumati amaldorining aytishicha, Yevropa bunday takliflarni "maqbul" deb hisoblashi mumkin.
Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuv 15 avgust kuni Alyaska shtatining Ankorij shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Rossiya-Ukraina nizosini bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi.